« Ochiq budjet» axborot portalida ovoz berish jarayonida g‘olib bo‘lgan tashabbuslarga fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida
Mahalliy budjet mablag‘larini jamoatchilikfikri asosida shakllantirilgantadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi ustidan deputatlar nazoratini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi “Mahalliy budjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida”gi KQ-666-IV-sonli qarorlari, Moliya
vazirligining 2021-yil 6-sentabrdagi WV82767631-sonli ko‘rsatma xati ijrosini ta’minlash maqsadida, tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi mudiri. I.Kenjayevning bildirgisi hamda tumanda Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish bo‘yicha ishchi komissiyaning 2024-yil 29-fevraldagi № 01-70sonli yig‘ilish bayonini inobatga olgan holda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-va 24-moddasiga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi
QAROR QILADI
1. Joriy yil 1-fevraldan 22-fevralga qadar openbudget.uz veb sayti orqali mavjud mahalliy muammolarni bartaraf etish maqsadida tumanda istiqomat qiluvchilar uchun ahamiyatga ega bo‘lgan jami 228 ta takliflar bildirildi. 22-fevraldan 16-martga qadar ushbu takliflarning barchasi moderatsiyadan o‘tkazilib natijada 221 ta tashabbus ovoz berish uchun qabul qilindi. 7 tashabbus turli xil sabablarga ko‘ra rad etildi. 16 martdan 04-aprelga qadar 221 ta tashabbus ovoz berish jarayonida ishtirok etganligi hamda yakunda 12 ta tashabbus eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lganligi hamda jamg‘armada 16 436 468 000 (o‘n olti milliard to‘rt yuz o‘ttiz olti million to‘rt yuz oltmish sakkiz ming) so‘m mablag‘ shakllanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Gʻolib takliflar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tashabusli budjetda 2024-yillarda g‘olib bo‘lgan har bir loyiha buyurtmachi tashkilotlarni (4017..) g‘azna xisob varag‘ida iqtisod qilingan mablag‘larni tuman hokimligini (4017..) g‘azna xisob varag‘iga qaytarilsin.
4. Gʻolib takliflarni moliyalashtirish manzilli ro‘yxati shakllantirilsin. Taklifni moliyalashtirish uchun buyurtmachi tashkilotlar "Jizzax mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK va “Jizzax yagona buyurtmachi xizmati” IK DUK, Baxmal tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi, Hududiy elektr tarmoqlari AJ Jizzax hududiy filiali, Baxmal tuman 1-son kasb hunar maktabi etib belgilansin.
5. "Jizzax mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK (Sh.Anarboyevga) va “Jizzax yagona buyurtmachi xizmati” IK DUK (D.Qoplonov) Baxmal tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi, (K.Gulboyev) Hududiy elektr tarmoqlari AJ Jizzax hududiy filiali (B.Ibragimov) Baxmal tuman 1-son kasb hunar maktabi (F.Bobodo‘stov) iqtisodiyot va moliya vazirligining DMBAT dasturida (4017) shaxsiy g‘azna xisobvarag‘i ochish chorasini ko‘rsin. Ushbu g‘olib bo‘lgan taklif to‘liq moliyalashtirilib bo‘lingandan so‘ng (kassa xarajatidan) ortgan mablag‘ Baxmal tuman hokimligi qoshida ochilgan fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi shaxsiy g‘azna
xisobvarag‘iga to‘liq qaytarish vazifasi yuklatilsin.
6. Tuman hokimligi bosh xisobchisi (B.Qallandarov)ga g‘olib deb topilgan takliflarga fuqarolar tashabbusi jamg‘armasidan ilovada keltirilgan amalga oshirishning aniqlangan qiymati miqdorida mablag‘ ajratish vazifasi yuklatilsin.
7. Tuman hokimligi matbuot kotibi tuman rasmiy veb-saytlarga ochiq budjet partalidan olingan ma’lumot va xisobotlarni joylash vazifasi yuklatilsin.
8. Tuman Gʻaznachilik xizmati bo‘limi boshlig‘i (J.Shodiyorov)ga ushbu mablag‘ni tegishli tartibda moliyalashtirilishini ta’minlasin. Ushbu mablag‘ni manzilli ro‘yxatda ko‘rsatilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilsin va ushbu mablag‘larning boshqa maqsadlarga ishlatilishi ta’qiqlansin.
9. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari N.Sharipov zimmasiga yuklatilsin.
Sessiya raisi AMANOV BAHTIYOR NARMATOVICH