Телефонлар:
(0372) 412-12-34
(0372) 412-14-60
» » Nogironlik davrida tanaffuslar bo‘lganda pensiya to‘lashni qayta tiklash shartlari

Nogironlik davrida tanaffuslar bo‘lganda pensiya to‘lashni qayta tiklash shartlari

15 сентябрь 2022 йил
190
0

Айрим аҳоли қатламларига 500 минг сўм миқдорида бир марталик моддий ёрдам  кўрсатилади

Agar nogironligi bo‘lgan shaxs uzrsiz sababga ko‘ra belgilangan muddatda qayta ko‘rikdan o‘tish uchun tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga bormagan bo‘lsa, unga pensiya to‘lash to‘xtatib turiladi, u yana nogironligi bo‘lgan shaxs deb tan olingan taqdirda esa to‘xtatib turilgan kundan e’tiboran, lekin ko‘pi bilan bir oy oldin pensiyani to‘lash qayta tiklanadi.

Qayta ko‘rikdan o‘tish muddati uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilganda, agar tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi uni ana shu davrda nogironligi bo‘lgan shaxs deb topsa, pensiya to‘lash to‘lov to‘xtatib turilgan kundan e’tiboran to qayta ko‘rikdan o‘tish kunigacha, lekin ko‘pi bilan uch yil uchun amalga oshiriladi. Bunda, agar nogironligi bo‘lgan shaxs qayta ko‘rikdan o‘tkazish chog‘ida nogironlikning boshqa guruhiga (yuqori yoki past guruhga) o‘tkazilgan bo‘lsa, pensiya ko‘rsatib o‘tilgan vaqt uchun avvalgi guruh bo‘yicha to‘lanadi.

Agar umumiy kasallik oqibatida mehnat qobiliyatini yo‘qotgan nogironligi bo‘lgan shaxsga mehnat qobiliyati tiklanganligi sababli pensiya to‘lash to‘xtatilgan yoki u qayta ko‘rikdan o‘tish uchun uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmaganligi oqibatida to‘xtatib turilgan bo‘lsa, keyinchalik u yana nogironligi bo‘lgan shaxs deb tan olingan taqdirda, basharti pensiyani to‘lash to‘xtatilganidan keyin besh yildan ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lsa, ilgari tayinlangan pensiyani to‘lash nogironlik belgilangan kundan e’tiboran yangitdan qayta tiklanadi. Agar besh yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa, pensiya umumiy asoslarda yangitdan tayinlanadi.

  

Budjetdan tashqari  Pensiya jamg’armasi

Baxmal tuman bo ‘limi xodimi

Sh.Safaraliyev

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив