Телефонлар:
(0372) 412-12-34
(0372) 412-14-60
» » AVTOMAKTABLARNING REYTINGI BELGILANADI

AVTOMAKTABLARNING REYTINGI BELGILANADI

21 июль 2022 йил
293
0

Vazirlar Mahkamasining 04.07.2022 yildagi «Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlarining reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 353-son qarori qabul qilindi.

Nizom quyidagilarni belgilaydi:

·       ta’lim tashkilotlarining faoliyati va samaradorligini baholash orqali hududlar kesimida ularning reytingini aniqlash tartibi;

·       ta’lim tashkilotlarining baholash reytingini indikatorlar asosida amalga oshirish tartibi;

·       ta’lim tashkilotlarining baholash reytingini hisoblash metodikasi hamda baholash reytingi natijalari bo‘yicha ta’lim tashkilotlarining toifalarini belgilash tartibi.

 Hujjat bilan belgilanganki, ta’lim tashkilotlari faoliyatini reyting baholash yil yakunlari bo‘yicha inson omilisiz ta’lim tashkilotlariga doir ma’lumotlar asosida ularning reytingini hisoblashning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi va uning natijalari jamoatchilikka e’lon qilinadi.

 Quyidagilar reytingga ta’sir etadi:

·       bitiruvchilarning haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihon natijalari;

·       bitiruvchilarning yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik hollaridagi jarima ballari;

·       bitiruvchilar aybi bilan sodir etilgan YTH soni;

·       oliy ma’lumotga yoki ilmiy darajaga ega o‘qituvchilarning soni to‘g‘risida ma’lumotlar.

 Ichki ishlar vazirligiga 2022 yil 1 sentyabrga qadar reytingini hisoblash axborot tizimini yaratish va ishga tushirish yuklatilgan.

 Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.09.2022 yildan kuchga kiradi.

 

Н.Қодиров

Бахмал тумани Адлия бўлими бошлиғи

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив