Телефонлар:
(0372) 412-12-34
(0372) 412-14-60
» » Xalq deputatlari tuman Kengashining qarori

Xalq deputatlari tuman Kengashining qarori

23 декабрь 2021 йил
214
0

Xalq deputatlari tuman Kengashining qarori

Baxmal tumani qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar hamda mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo’lgan jismoniy shaxslar uchun 2022-yilga belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida yer solig’i stavkalarini tasdiqlash to’g’risida. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PF-6121sonli “Resurs soliqlari va mol-mulk solig’ini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429-moddasi hamda 437-moddalariga asosan 2022-yil uchun Baxmal tumanida belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslarni mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo’lgan jismoniy shaxslar uchun 2022-yilga yer solig’i stavkalarini tasdiqlash bo’yicha Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashi  QAROR QILADI: 1. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429-moddasiga muvofiq Baxmal tumani uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar bo’yicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koyeffisiyentlar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 437-moddasiga muvofiq mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo’lgan jismoniy shaxslar (bundan dehqon xo’jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo’jaligi uchun mo’ljallangan yerlar mustasno) bo’yicha mutloq miqdorda 1 kv.m. uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koyeffisiyentlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. Bunda, tuman xalq deputatlari Kengashi, yuqorida 1-2-ilovalar bilan belgilangan soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha bo’lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koyeffisiyentlarni belgilash huquqiga egaligi ko’rsatib o’tilsin.
  3. Tuman hokimining birinchi o’rinbosari N.Sharipov, tuman moliya bo’limi (I.Kenjayev), tuman soliq inspeksiyasi (X.Soatov)larga 2022-yildagi byudjet-soliq siyosatidagi o’zgarishlar, soliqlar va to’lov stavkalari, soliq solish tartiblari hamda boshqa ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritilishini ta’minlasin.
  4. Mazkur qaror “Baxmal hayoti” gazetasi tahririyati (T.Berdiyev) va tuman hokimligi axborot xizmati (A.Egamberdiyev)larga O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429-moddasiga muvofiq Baxmal tumani uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar bo’yicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koyeffisiyentlari to’g’risida yoritish tavsiya etilsin.
  5. Qaror 2022-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
  6. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo’yicha doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining birinchi o’rinbosari N.Sharipov zimmasiga yuklatilsin.
скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив