Телефонлар:
(0372) 412-12-34
(0372) 412-14-60
» » Tumandagi Geografik ob’yektlarga nom berish va ularni qayta nomlash to‘g‘risida

Tumandagi Geografik ob’yektlarga nom berish va ularni qayta nomlash to‘g‘risida

15 март 2022 йил
230
0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 12 oktyabrdagi “Georafik ob’yektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-303-sonli Qonuni, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PF-5850-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktyabrdagi “Geografik ob’yektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 34-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash, shuningdek Jizzax viloyati hokimining 20.12.2021 yilda yuborgan 01-1972-sonli chora-tadbirlar rejasi ijrosi yuzasidan, tuman komissiyasi tomonidan tuman hududidagi mahalla va qishloq fuqarolar yig‘inlari, qishloq aholi punktlari, qabristonlar, ziyoratgohlar va ko‘chalar nomlari qaytadan monitoring qilindi va davlat reystridagi nomlar bilan solishtirildi. Natijada davlat reystrida mavjud, tumanda mavjud bo‘lmagan 14 ta qishloq aholi punktlari, nomi, tumandagi mavjud bo‘lmagan 117 ta ko‘cha nomlari davlat reystrida mavjudligi aniqlandi. Shuningdek tumandagi mavjud 3 ta qishloq aholi punktlari, 104 ta qabriston va 11 ta ziyoratgohlar davlat reystriga kiritilmaganligi, yangi tashkil qilingan, davlat ekspertizasidan o‘tkazilmagan 3 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari, 1 ta MFY va 2 ta qishloq aholi punktlarining nomini o‘zgartirish va 1 ta nomsiz qishloq aholi punktlarini nomlash yuzasidan kamchiliklar aniqlandi. Ekspert komissiyasi xulosasiga ko‘ra Baxmal tumani komissiyasi tomonidan taqdim etilgan jami 127 ta geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash bo‘yicha taklifidan 110 ta geografik obe’ktlarning nomi geografik ob’yektning nomi qonun talablariga muvofiqligi, 17 ta geografik ob’yektning nomi qonun talablariga nomuvofiqligi aniqlangan, shuningdek 16 ta geografik obektning nomi “Geografik ob’yektlar nomlarining o‘zbek tilida yozilishi” qoidalari asosida normallashtirilgan. Tumanda amalga oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh.Ko‘liyevaning axborotini muhokama qilib, Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24moddalariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi QAROR QILADI:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligining 2022 yil 7 fevraldagi 08-00779-sonli xati ma’lumot uchun qabul qilinsin hamda tumandagi Geografik ob’yektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash to‘g‘risidagi Ekspert xulosasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ekspert komissiyasi hulosasiga ko‘ra, Baxmal tumani komissiyasi tomonidan taqdim etilgan jami 127 ta geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash bo‘yicha taklifidan 110 ta geografik ob’yektning nomi qonun talablariga muvofiqligi, 17 ta geografik ob’yektning nomi qonun talablariga nomuvofiqligi, shuningdek 16 ta geografik ob’yektning nomi “Geografik ob’yektlar nomlarining o‘zbek tilida yozilishi” qoidalari asosida normallashtirilganligi, hamda tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh.Ko‘liyevaning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. Tuman ichki ishlar bo‘limi (A.Jalolov)ga shaharcha, qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari bilan hamkorlikda nomlari o‘zgartirilgan aholi manzillari va ko‘chalari to‘g‘risida fuqarolik pasportlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish ishlarini tashkiliy ravishda amalga oshirish yuzasidan tegishli choratadbirlarni belgilasin. 4. Tuman hokimining o‘rinbosari-mahalla oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i (B.Mirzabekov) yangi nomlangan va nomlari o‘zgartirilgan qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlari, qishloq aholi punktlari, qabriston nomlarini ilish ishlarini tashkil qilish va yakuniga yetkazish vazifasi yuklatilsin. 5. Tuman Kadastr bo‘limi va tuman statistika bo‘limlariga yangi nomlangan va nomi o‘zgargan geografik ob’yektlarni tuman xaritasiga joylashtirish, shuningdek tegishlicha tuman statistika ma’lumotlarini o‘zgartirish vazifalari yuklatilsin. 6. “Baxmal hayoti” gazetasi tahririyati (T.Berdiyev) va tuman hokimligi axborot xizmati (A.Egamberdiyev)larga O‘zbekiston Respublikasi “Georafik ob’yektlarning nomlari to‘g‘risida”gi hamda “Davlat tili haqida” gi Qonunlari talablari asosida ushbu olib borilgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish tavsiya etilsin. 7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari va tuman hokimining o‘rinbosari X.Xo‘jamurotov zimmasiga yuklatilsin.

Tuman hokimi

M.Anarbayev

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив