Телефонлар:
(0372) 412-12-34
(0372) 412-14-60
» » 18 yoshgacha bo‘lganlar uchun yagona bolalar nafaqasi joriy etiladi

18 yoshgacha bo‘lganlar uchun yagona bolalar nafaqasi joriy etiladi

06 декабрь 2021 йил
649
0

Prezident farmoni bilan 1 sentyabrdan amaldagi 14 yoshgacha bolalar uchun nafaqa va 2 yoshgacha bolani parvarish qilish nafaqasi o‘rniga yagona bolalar nafaqasi joriy etiladi. Ushbu nafaqa yoshi 18 yoshgacha oshiriladi, to‘lov muddati 12 oygacha uzaytiriladi. Qolaversa, Minimal iste’mol xarajat miqdorlaridan kambag‘allik mezoni sifatida foydalaniladi.

Prezident farmoni bilan 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab amalda bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga 14 yoshgacha bolalari uchun nafaqa va 2 yoshgacha bolani parvarish qilish nafaqasi o‘rniga yagona bolalar nafaqasi joriy etiladi. Bu haqda «Nigoh» Telegram-kanali xabar bermoqda.
Ushbu nafaqani tayinlashda:

bolalar yoshi me’yori 14 yoshdan 18 yoshgacha oshiriladi;

to‘lov muddati 6 oydan 12 oygacha uzaytiriladi;

nafaqa miqdori oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilanadi;

farzandi bo‘lmagan yoki farzandlari 18 yoshdan katta bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanadi.

Bolalar nafaqasi va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam to‘lovlarining quyidagi yangi miqdorlari belgilanmoqda. Bolalar nafaqasi oilaning:

3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun — 250 000 so‘m (+56 000 so‘m);

3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun — 325 000 so‘m (+131 000 so‘m);

ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha — 150 000 so‘m (+186 000 so‘m);

uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun — 100 000 so‘mdan (amaldagi 190 ming so‘mdan 290 ming so‘mgacha ko‘p);

moddiy yordamning miqdori — 380 000 so‘m.

2022 yil 1 yanvardan boshlab Minimal iste’mol xarajat miqdorlaridan kambag‘allik mezoni hamda kam ta’minlangan deb e’tirof etishda jon boshiga bir oylik daromad mezoni sifatida foydalaniladi.

A.Sayfiyev
Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi
baxmal tuman bo'limi pensiya, nafaqa va
boshqa to'lovlarni tayinlash, qayta hisoblash
va to'lovlarni tashkil qilish sho'basi katta inspektori

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив