Телефонлар:
(0372) 412-12-34
(0372) 412-14-60
» » Pensiyani bir turidan boshqa turiga oʼzgartirish mumkinmi?

Pensiyani bir turidan boshqa turiga oʼzgartirish mumkinmi?

09 октябрь 2021 йил
325
0

 

Pensiyalarning bir turini olgan pensioner pensiyaning boshqa turiga oʼtkazish toʼgʼrisidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga oʼtkazishda tayinlangan pensiyani toʼlash toʼxtatiladi va belgilangan tartibda boshqa turdagi pensiya tayinlanadi.

Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga oʼtkazish toʼgʼrisidagi ariza pensionerning yashash joyi boʼyicha Pensiya jamgʼarmasi boʼlimiga beriladi.

Shaxsning arizasi Pensiya jamgʼarmasining axborot tizimida roʼyxatdan oʼtkaziladi. Pensiya jamgʼarmasi boʼlimi tomonidan ariza beruvchiga ariza qabul qilingan sana koʼrsatilgan tilxat, shuningdek yetishmaydigan hujjatlar roʼyxati beriladi.

Аrizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:

ariza berilgan paytdan mehnat faoliyatining oxirgi oʼn yili mobaynida istalgan ketma-ket besh yildagi ish haqi toʼgʼrisida maʼlumotnoma;

ariza berilgan pensiya turini tayinlash uchun talab qilinadigan hujjatlar, agar ushbu hujjatlar pensiyaning olinadigan turi boʼyicha rasmiylashtirilgan pensiya hujjatlar yigʼmajildida mavjud boʼlmasa.

Bundan tashqari, zarur hollarda, boquvchisini yoʼqotganlik pensiyasi oluvchi oila aʼzolari soni oʼzgarishini tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim etiladi.

Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga oʼtkazish toʼgʼrisidagi ariza Pensiya jamgʼarmasi boʼlimi tomonidan oʼn kun muddatda koʼrib chiqilishi kerak.

Yoshga doir pensiyani nogironlik pensiyasiga oʼtkazishda yoshga doir pensiya tayinlangandan keyin ega boʼlingan ish staji va ish haqi hisobga olinmaydi hamda nogironlik pensiyasini hisoblash uchun oʼrtacha oylik ish haqi ilgari yoshga doir pensiyani tayinlashdan oldingi ishning oxirgi oʼn yilidan kelib chiqqan holda, nogironlik pensiyasini tayinlash vaqtida amalda boʼlgan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan pensiyani hisoblash uchun ish haqi va ish stajini hisoblash shartlari qoʼllangan holda aniqlanadi.

Pensiyaning bir turidan boshqa turiga oʼtkazish rad etilgan taqdirda Pensiya jamgʼarmasi boʼlimi tegishli qaror chiqarilgandan keyin besh kundan kechikmay rad etish sabablari, qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi koʼrsatilgan holda rad etish 

toʼgʼrisida pensionerga xabarnomani berishi yoki yuborishi shart va bir vaqtning oʼzida pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga oʼtkazish uchun taqdim etilgan barcha hujjatlarning asl nusxalarini hujjatlar olinganligi toʼgʼrisidagi tilxat bilan pensionerning qoʼliga qaytarishi kerak.

Pensiya jamgʼarmasi boʼlimi tomonidan pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga oʼtkazish toʼgʼrisida qaror qabul qilingandan keyin pensiyaning boshqa turini toʼlash pensioner barcha zarur hujjatlar bilan birga tegishli ariza bilan murojaat qilgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlanadi.

Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga oʼtgan pensionerlarga yangi pensiya guvohnomasi yoziladi.

Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʼarmasi

Baxmal tumani boʼlimi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив